“Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-6241, 04.06.2021 y) qabul qilindi

Farmonga koʻra, 2021 yil 1 iyuldan:

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi.

Bunda, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi.

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori 565 ming soʻmga yetkaziladi;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 ming 030 soʻmdan 400 ming soʻmga yetkaziladi;

Boquvchisini yoʻqotganlik:

  • pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi;
  • pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi;
  • nafaqasi oluvchi oilalarning barcha aʼzolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori 400 ming soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 150 ming soʻmdan qoʻshilishi belgilandi;
  • bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 ming 350 soʻmdan 565 ming soʻmga oshirildi.

 198 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan