Kecha, 26-may kuni soat taxminan 12:00 larda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi M.S. «Damas» rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, «Tanachi-Bo‘ka» kanaliga tushib ketgan. Ma’lum qilinishicha, avtoulovda haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan.
YTH natijasida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov texnik shikastlangan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi avtoulovni boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.