Tabiiy ofat tufayli mamlakatda 400 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi.
AQShning to‘rtta shtatida kuchli tornado va dovul qurbonlari soni 22 kishiga yetdi.
Tabiiy ofat Arkanzas, Kentukki, Oklaxoma va Texas shtatlarida yuz berdi.
Kentukki gubernatori Endi Besher matbuot anjumanida tabiiy ofat oqibatida shtatda besh kishi halok bo‘lganini aytdi.
Rasmiylar, shuningdek, Arkanzasda 8, Texasda 7 va Oklaxomada 2 kishi halok bo’lganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, mamlakatda 400 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden X ijtimoiy tarmog‘idagi postida tabiiy ofatda halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Ichki xavfsizlik departamentining Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo’yicha federal agentligi (FEMA) zararni joyida baholadi, dedi u.
Prezident, agar kerak bo’lsa, Qo’shma Shtatlar yordam berishga tayyorligini aytdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!