Jamiyat, Jinoyat

Sirdaryoda Captiva bilan bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda Captiva bilan bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida futbol o‘yini o‘tkazilayotgan paytda “Kaptiva” stadionga chiqib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli qaror qabul qilingan.

Natijada “Kaptiva” haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277 – moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Haydovchi tegishli tartibda qamoqqa olingan, mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.