Jahon

Filadelfiya koridori Isroil nazoratiga o‘tdi

Filadelfiya koridori Isroil nazoratiga o‘tdi

Kuni kecha Saxal rasmiy vakili Daniel Hagariy ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo va Misr o‘rtasidagi bufer zona hisoblangan, 14 kilometrlik Filadelfiya koridorini nazoratga oldi.

Ma’lumotga ko‘ra, Filadelfiya yo‘lagi 1979-yilda Isroil va Misr o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi doirasida yaratilgan. Isroil armiyasi uchun ushbu yo‘lak G‘azo sektorini tark etishdan oldin patrul vazifasini bajargan.

AFPning xabar berishicha, Isroil bu yo‘lakdan Misrdan HAMASga qurol olib o‘tish uchun foydalanilyapti, deya gumon qilmoqda.

Hagariyning aytishicha, Isroil harbiylari tomonidan bu yo‘lakdan 20 ga yaqin tunnel aniqlangan. Lekin buni Misr vakillari inkor qilmoqda.