Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. fuqaro A.N.ni tanishlari yordamida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Informatika” yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni 3 000 AQSH dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1 400 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!