Qayd etilishicha, 31 yoshli haydovchi Cobalt mashinasi bilan To‘rtko‘l tumanidan o‘tuvchi 4R-182 avtomobil yo‘lida katta tezlikda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda mashina yo‘l chetiga chiqib ketib pastlikka ag‘darilib ketgan. Haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Hodisa yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.