Jahon

Isroil «qurolli to’qnashuv zonalarida bolalarga zarar yetkazadigan» davlatlar ro’yxatiga kiritildi

Isroil «qurolli to’qnashuv zonalarida bolalarga zarar yetkazadigan» davlatlar ro’yxatiga kiritildi

Kelgusi hafta BMT mamlakatlarning yangilangan qora ro’yxatini e’lon qiladi, ular orasida Isroil ham bor.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroilni «qurolli to’qnashuv zonalarida bolalarga zarar etkazadigan» davlatlar va tashkilotlarning qora ro’yxatiga kiritishga qaror qildi.

Israel National News xabariga ko‘ra, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning AQShdagi harbiy attashesi general Xedi Silbermanni tashkilot qarori haqida xabardor qilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari generalga Isroil Rossiya va terrorchi tashkilotlari Daish, Al-Qoida va Boko-Haram bilan bir ro’yxatda bo’lishini ma’lum qildi.

Isroilning Guterrishni bunday harakatdan voz kechishga ko‘ndirish urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani xabar qilinadi. Kelgusi hafta BMT “qurolli mojaro zonalarida bolalarga zarar yetkazuvchi” mamlakatlar va tashkilotlarning yangilangan qora roʻyxatini eʼlon qiladi, ular orasida Isroil ham bor.

Taxminlarga ko’ra, ro’yxatda Isroil davlatining nomi aniq tilga olinmaydi va BMT vaziyatda aybdor sifatida «Isroil armiyasi» ni belgilaydi.

G‘azo sektorida har 10 daqiqada bir bola halok bo‘ladi yoki yaralanadi.
2023-yil 7-oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlari natijasida 36586 falastinlik, jumladan 10171 ayol va kamida 15328 bola halok bo‘ldi, yana 83074 nafar falastinlik yaralandi.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, G’azo sektorida har 10 daqiqada bir bola halok bo’ladi yoki yaralanadi.

G‘azo sektori hukumati matbuot xizmatining 3-iyun kuni ma’lum qilishicha, eksklavdagi 3500 nafar bola ochlik tufayli o‘lim xavfiga duch kelgan.