Qayd etilishicha, 18-iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani “Bog‘dor” MFY hududida joylashgan “Hazorasp universal savdo kompleksi”AJ hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:04 da to‘liq bartaraf qilingan. Yong‘in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida yong‘in maydonini boshqa do‘konlarga o‘tib, kengayishi va savdo kompleksi hududining 4,2 ming kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in natijasida 300 kvadrat metr maydonda aralash turdagi mollar savdo do‘konlari yonib zararlangan. Yong‘inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari hamda tuman hokimi chiqqan, — deyiladi xabarda.