Jahon

G’azoni bombardimon qilishning 256-kuni. Bolalar hibsga olingan

G’azoni bombardimon qilishning 256-kuni. Bolalar hibsga olingan

Bosqinchilar Nuseyrat va Burij lagerlaridagi turar-joy binolariga hujum qilib, yarmi bolalar bo‘lgan 17 kishini o‘ldirgan. Urush boshlanganidan buyon 37347 kishi vafot etdi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Nablus, Yerixo, Ramallah, Tulkarm, Xalil, Qalqilya va Baytlahmga hujum qilmoqda. O’nlab falastinliklar hibsga olindi. Ularni maktabga olib ketishdi, u yerda hamon hibsda va so‘roq qilinmoqda. Hibsga olinganlar orasida bolalar ham bor.

▪️Al-Qassam jangchilari Rafah hududida bosqinchilar bilan shiddatli jangga kirishdi. Bosqinchilar Rafah markaziga kirib borishga harakat qilmoqda.

▪️G’azo hukumati: Isroil tajovuzi natijasida G’azoda halok bo’lgan jurnalistlar soni 151 kishiga yetdi.

▪️UNRWA rahbari: G’arbiy Sohilda qandaydir jimjit urush davom etmoqda va agar G’azodagi urush bo’lmaganida bunga ko’proq e’tibor berilgan bo’lardi.

▪️Associated Press: G’azo oilalari Isroil havo hujumlari natijasida kamida 25 a’zosini yo’qotgan 60 ta holatni topdik. Isroilning ba’zi hujumlari bir oilaning to’rt avlodining hayotiga zomin bo’ldi.