Jamiyat

Yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlar tanishtirildi

Yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlar tanishtirildi

Bugun, 21-iyun kuni Vazirlar Mahkamasida prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorlariga asosan, lavozimlarga tayinlangan va tasdiqlagan bir qator nomzodlar bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat a’zolariga tanishtirildi.

Xususan: 

  • Abduvaqqos Vohidovich Rafiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi;
  • Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;
  • Olimjon Muhammadjonovich Umarov Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Jamshid Yunusovich Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Amriddin Nasriddinovich Abdurahmonov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining yo‘l xo‘jaligi sohasiga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.