Hodisa, Jahon, Jinoyat

Mirziyoyev Dog‘istondagi terakt sabab Putinga hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Dog‘istondagi terakt sabab Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Maxachqal’a shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi Dog‘istondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoralagan hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirgan.