Jahon

Quvayt o‘z fuqarolarini Livandan ko‘chirishni boshladi

Quvayt o‘z fuqarolarini Livandan ko‘chirishni boshladi

Quvayt o‘z fuqarolarini Livandan evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bosqinchi Isroilning Livanda keng ko‘lamli urushni boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotlari fonida Quvayt TIV rahbari amirlik fuqarolarini «Isroil va Hizbulloh o‘rtasida qurolli mojaro boshlanishi xavfi tufayli mamlakatni tezroq tark etish»ga chaqirgan.

Shanba kuni Quvayt fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun birinchi bort Bayrutga yetib keldi. Buning uchun bir nechta samolyotlar safarbar qilingan. Amirlik hukumati Kuwait Airways  aviakompaniyasiga odamlarni o‘z vatanlariga qaytarishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi, deyiladi xabarda.