Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muzokaralari yakunida yetakchilar davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi.
Davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolandi, jumladan:
- Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi 2024—2026-yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo dastur;
- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Havo aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024—2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Veterinariya va chorvachilik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bayonnoma;
- Toshkent va Ulan-Bator shaharlari ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.
Davlat tashrifi doirasida prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.