Hodisa, Jamiyat

Toshkent viloyatida 22 gektar yer maydonidagi somon qoldiqlari yoqib yuborilgan

Toshkent viloyatida 22 gektar yer maydonidagi somon qoldiqlari yoqib yuborilgan

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda uning Quyi Chirchiq tumani bo‘limi inspektorlari bilan birgalikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbir mobaynida tumanning “Mingchinor” MFY hududida “Tct Agro Cluster” MCHJga qarashli g‘alladan bo‘shagan 22 gektar yer maydonidagi somon poya qoldiqlari yonib ketishi holati aniqlangan. Oqibatda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 30 mln 397 ming so‘mni tashkil qilgan.

Hozirda to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda qonuniy qaror chiqarish maqsadida sud organiga yuborilmoqda.

“Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi ogohlantiradi: G‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon poya qoldiqlarini yoqib tabiatga zarar yetkazmang, aks holda qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini unutmang”, deyiladi xabarda.