Iqtisod, Jamiyat

O‘zbekistonda ilk marta 9 million tonna g‘alla yetishtirildi

O‘zbekistonda ilk marta 9 million tonna g‘alla yetishtirildi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta g‘alla xirmoni 9 million tonnadan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ma’lum qildi.

Joriy yilgi mavsumda suv dalalarida yetishtirilgan maydonlardan 2 million 550 ming tonnadan ortiq yoki har gektardan 2,5 tonnadan bug‘doy yig‘ib olinib, to‘liq davlat xaridi amalga oshirilib, fond birjalarida sotish uchun omborlarda saqlandi.

Bu yilgi hosil uchun biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi serhosil, ob-havoga chidamli kuzgi bug‘doy navlari maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi.

Maʼlumot uchun, 2023-yilda Oʻzbekiston gʻallakorlari tomonidan 8,1 million tonnadan ortiq don yetishtirildi. Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha daromad 70,5 sentni tashkil etdi.