Jamiyat

Buxoroda muruvvat internatida bolalarga jismoniy zo‘ravonlik ishlatildi

Buxoroda muruvvat internatida bolalarga jismoniy zo‘ravonlik ishlatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi muruvvat internatida bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

“Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho beriladi”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Shuningdek, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirildi.