Jamiyat

Avtomobillarga ekostikerlar berish 2025-yilda boshlanadi

Avtomobillarga ekostikerlar berish 2025-yilda boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga ishlab chiqarishlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

➖ binolarning tomlari va fasadlariga quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish uchun davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun loyiha hujjatlarini taqdim etish talabini bekor qilish;

➖ atrof-muhitga va unga tutash hududlarga taʼsir ko‘rsatadigan sanoat korxonalarida «yashil belbog‘lar» yaratish va yetishtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

➖ “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini o‘zgartirish. U 2025-yil 1-martda boshlanadi (2024-yil 1-iyundan boshlab edi). Xuddi shu kundan boshlab transport vositalarining meʼyoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi.