Iqtisod, Jahon

Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyga gaz tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyga gaz tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda

Qozogʼiston joriy yilda Rossiya gazining Oʼzbekiston va Qirgʼizistonga tranzitini, shuningdek, Turkmaniston va Oʼzbekiston gazining Xitoy Xalq Respublikasiga tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda seshanba kuni hukumat yigʼilishida respublika energetika vaziri Аlmasadam Satkaliev maʼlum qildi.

“2023-yil oktyabr oyida Rossiya gazining Oʼzbekiston Respublikasiga tranziti boshlandi. 2023-yilda 1,28 milliard kub metr tashilgan boʼlsa, joriy yilda biz bu koʼrsatkichni 3,8 milliard kub metrga yetkazish va kelgusida yiliga 11 milliard kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, — deya Satkaliev soʼzlaridan iqtibos keltirdi vlast.kz sayti.

Vazirning taʼkidlashicha, Turkmaniston va Oʼzbekiston gazining Xitoyga tranziti ham “barqaror oʼsish”ni koʼrsatmoqda. Uning soʼzlariga koʼra, Qozogʼiston joriy yilda tranzitni 37,1 milliard kub metrga yetkazishni rejalashtirmoqda, bu oʼtgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub metrga koʼpdir.

“Hozirda Rossiya gazini Qozogʼiston orqali Qirgʼizistonga tranzit yoʼli bilan yetkazib berish masalasi koʼrib chiqilmoqda”, — deya qoʼshimcha qildi u.