Sudda M.D.ning toifalangan hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzib, noqonuniy chiqindixona tashkil qilganligi, hududga chiqindilarni ma’lum mablag‘ evaziga joylashtirib kelganligi o‘z isbotini topgan. Fuqaro daryoga 126.433,70 m3 chiqindi tashlangani oqibatida davlat manfaatlariga 3 milliard 68 million 206 ming 171 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.
Shuningdek, M.D. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasi hamda «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 41-moddasini qo‘pol ravishda buzgan.
Sud Jinoyat kodeksining 59-, 61-moddalariga asosan fuqaro 3 yil-u 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, undan davlat foydasiga 3 milliard 68 million 206 ming 171 so‘m zarar undirilishi belgilandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!