Jamiyat

27-oktyabr kuni O‘zbekistonda saylov bo‘lib o’tadi

27-oktyabr kuni O‘zbekistonda saylov bo‘lib o’tadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 2024-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 26-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarini deputatlarini aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar va proporsional tizim asosida o‘tkaziladi. Deputatlarning 75 nafari majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar o‘zlariga maqbul nomzodga ovoz berish yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim asosida, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.