Hodisa, Jamiyat

Toshkentda 7 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 7 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasida 7 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 7 avgust kuni soat taxminan 16:54 larda Beruniy ko‘chasida YTH sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 2 ta Matiz, 1 ta Nexia-3, 1ta Tracker, 1 ta Onix, 1 ta Chery, 1 ta Isuzu rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

YTH sababi: Chery rusumli avtomashina haydovchisi harakat vaqtida bir yo‘nalishda to‘xtab turgan avtomashinalar bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.