Jahon, Jinoyat

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini terrorchi tashkilotga yollagan erkak ushlandi (video)

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini terrorchi tashkilotga yollagan erkak ushlandi (video)

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilarga qo‘shilishga yollagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati xabar berdi.

“Terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi qo‘lga olindi. Ushlangan shaxs O‘zbekiston fuqarolarini o‘qitish va xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida bevosita ishtirok etish uchun jalb qilgan”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi (terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak qamoqqa olingan, unga nisbatan tergov davom etmoqda.

“Argumenti i Fakti” nashrining yozishicha, qo‘lga olingan erkak O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. U shu hafta yonilg‘i quyish shoxobchasida ushlangan. Erkak terrorchi tashkilot uchun o‘z vatandoshlarini yollagan.