Jahon, Jinoyat

Rossiyadagi qamoqxonada qo‘riqchilarni o‘ldirgan terrorchilarning ikki nafari o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

Rossiyadagi qamoqxonada qo‘riqchilarni o‘ldirgan terrorchilarning ikki nafari o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin
Avvalroq Rossiyaning Volgograd viloyatida 19-koloniya mahkumlari axloq tuzatish muassasasi xodimlarini garovga olgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘zlarini «Islom davlati» a’zosi deb e’lon qilgan mahbuslarning shaxsi aniqlandi.

— Ramzidin Toshev, 28 yoshda, O‘zbekistonlik. 2023 yil 25 oktyabrda 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (Narkotik moddalarni savdo qilishga urinish).

— Rustamchon Navruz, 23 yoshda, Tojikistonlik. 2022 yil 23 iyunda 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (Narkotik moddalarni savdo qilishga urinish).

— Nazirchon Tonov, 28 yoshda, Tojikistonlik. 2023 yil 19 aprelda 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (Narkotik moddalarni savdo qilishga urinish).

— Temur Xusinov, 29 yoshda, O‘zbekistonlik. 2018 yil 9 noyabrda 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (Sog‘liqqa qasddan og‘ir shikast yetkazish).

Ular hozirda Rossiya hukumatidan vertolyot va 2 million AQSh dollari talab qilishmoqda.