Yangiliklar

«Tibbiyot sohasi vakillari yaxshi ishlaganda 68 nafar bola halok bo‘lmagan bo‘lardi» — Robaxon Mahmudova

«Tibbiyot sohasi vakillari yaxshi ishlaganda 68 nafar bola halok bo‘lmagan bo‘lardi» — Robaxon Mahmudova

“Adolat” SDP partiya raisi Robaxon Mahmudova Sog‘likni saqlash vazirligi va Farmatsevtika agentligi faoliyatini tanqid qildi.

«Agar ushbu soha mutasaddilari yaxshi ishlaganda “Dok-1 Maks” dori vositasi iste’molidan 68 nafar bola halok bo‘lmagan bo‘lar edi.

O‘zbekistonda tibbiyot sohasini raqamlashtirish to‘g‘risida bir necha yildan buyon bod-bod ta’kidlab kelinishiga qaramasdan ushbu yo‘nalishda mas’ul Sog‘liqni saqlash vazirligi sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirolmadi.

Tibbiy kartalar elektron shaklga keltirilmadi, retseptlar hali ham qog‘oz shaklida yozib berilmoqda.

Vaholanki, «Aqlli tibbiyot»ning asosini bemorning ambulator kartasi, kasalliklar tarixi kiritilgan elektron ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi.

Achinarlisi, so‘nggi ikki yilda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga budjetdan 90 milliard so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, natijalar kutilganidek bo‘lmayapti», — dedi Mahmudova.