Jahon

Britaniyada Coca-Cola muqobili sifatida Gaza-Cola taqdim etildi

Britaniyada Coca-Cola muqobili sifatida Gaza-Cola taqdim etildi

Falastin bayrog‘i va falastinliklarning milliy bosh kiyimi, ayni paytda ozodlik va qarshilik ramzi hisoblangan kufiya belgilari tushirilgan 250 ml hajmli idish yorqin qizil rangi bilan Coca-Cola qutisiga o‘xshaydi, lekin “Coca” so‘zi o‘rniga “Gaza” deb yozilgan.

Qayd etilishicha, yangi mahsulotning taʼmi anʼanaviy “kola” ichimligidan farq qilmaydi va mashhur brendni boykot qilganlar uchun muqobil bo‘lishni maqsad qilgan.

Britaniyaning Time jurnalida chop etilgan maqolada keltirilishicha, Isroil o‘tgan yili o‘n minglab falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan va G‘azoning katta qismini yashash uchun yaroqsiz holga keltirgan G‘azo sektoriga qarshi urush boshlaganidan beri Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi 12 dan ortiq transmilliy kompaniyalar butun dunyo bo‘ylab ommaviy boykotlarga duchor bo‘lgan.

Muallif Yasmin Sarxon ushbu oy Britaniya bozoriga kirgan Gaza-Cola yangi muqobil mahsulotlardan biri ekanligini taʼkidlaydi. Mart oyida ishlab chiqarilgan va Yevropa Ittifoqi, Britaniya va Janubiy Afrikaga yetkazib berilayotgan Shvetsiyaning Palestine Drinks yana bir muqobil mahsulot hisoblanadi.

Jurnal, shuningdek, Safed Foods (Palestine Drinks brendiga egalik qiluvchi kompaniya) kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Muhammad Kasvanining gazli ichimlikka bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani va kompaniya bunday yuqori talabni kutmaganligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, brend so‘nggi besh oy ichida taxminan 16 million quti sotgan.