Italiyalik eshkak eshuvchi Jakomo Perini qayig‘idan mobil telefon topilgani sababli Paralimpiya o‘yinlarining bronza medalidan mahrum qilindi.
Italiya eshkak eshish federasiyasi matbuot xizmati sportchi mukofotdan mahrum qilingani haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, reglamentga ko‘ra, eshkak eshuvchilarga aloqa vositalarini o‘zlari bilan olib ketishlari mumkin emas.
Italiya tomoni bronza medalidan mahrum etish yuzasidan apellyasiya bergan, biroq u rad etilgan.
Perini diskvalifikasiya qilinganidan keyin uchinchi o‘rinni avstriyalik Erik Xorri egalladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!