Sirdaryoda uch nafar kambagʻal qoʻshnisini Rossiyaga fohishalik uchun sotib yubormoqchi boʻlgan ayol ushlandi.
Sirdaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari uch nafar qoʻshnisini fohishalik uchun xorijga sotmoqchi boʻlgan ayolni qoʻlga oldi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni uch nafar tanishi bilan chegara postida toʻxtatgan. U oʻzi bilan birga boʻlgan ayollar uning qoʻshnilari ekanini, ular shunchaki, kuzatib qoʻyish uchun chiqqanini aytgan. Tekshiruv davomida sudlanuvchi jabrlanuvchilarning pasportlaridan foydalangan holda elektron aviachiptalar sotib olgani maʼlum boʻlgan.
U 2024 yilning aprel oyida Rossiyadan Oʻzbekistonga qaytib, kam taʼminlangan qoʻshnilarining ishonchiga kirgan va ularni xorijda fohishalik bilan shugʻullanib, yaxshigina pul topish mumkinligiga ishontirgan.
Sudlanuvchi jabrlanuvchilarning oʻzlari bu taklifga rozi boʻlganini aytib, jazosini yengillashtirishni soʻragan. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 3 yil 6 oy qamoq jazosi tayinlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!