Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon baxtiyorlik hisobotini tahlil qildi.
Ushbu tahlil baxtiyorlik va sub’ektiv farovonlikka qaratilgan bo‘lib, unda so‘nggi yillardagi baxtiyorlik bilan bog‘liq trendlar va mamlakatlar reytinglari aks etgan.
O‘zbekiston mazkur reytingda 143 mamlakat orasida 43-o‘rinni egallab, MDH mamlakatlari orasida yetakchilik qilgan. 2023 yilda esa O‘zbekiston mazkur reytingda 54-o‘rinni egallagan. Joriy yilda holat 0,18 punktga yaxshilangan.
Bolalar va o‘smirlar farovonligi tahlilida, 15-24 yoshdagilarning baxtiyorlik darajasi 25 yoki undan yuqori yoshdagilarga nisbatan yuqori ekani kuzatiladi.
Hisobotning keksalar bilan bog‘liq bo‘limida 2050 yilgacha keksalar sonining 2 baravar ortishi, o‘z navbatida, ularning farovonligi va ruhiy salomatligiga urg‘u berilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!