Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent-Samarqand pulli yoʻlini qurishni boshlash koʻzda tutilgan qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, sentyabrda tender oʻtkazilib, ishlar dekabrda boshlanishi kerak. Loyihani 2028 -yilda yakunlash hamda xususiy-davlat sheriklik asosida boshqaruvni xususiy operatorga topshirish rejalashtirilmoqda. Toshkent-Andijon, Samarqand-Buxoro pulli yoʻllari, “Taxtaqoracha” dovonida tunnel qurish ham rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 -avgust kuni Toshkent-Samarqand pulli yoʻlini qurishni boshlash koʻzda tutilgan qarorni imzoladi. Hujjatga koʻra, joriy yilning sentyabr oyida Toshkent-Samarqand pulli yoʻlini qurish boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha tender e’lon qilinadi.
Dekabr oyida esa pudratchi aniqlanib, u bilan shartnoma tuziladi va qurilish boshlanadi. Ishlarni 2028- yil oxirigacha yakunlash, keyin esa boshqaruvni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy operatorga oʻtkazish koʻzda tutilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 2,2 milliard dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, Jahon banki koʻmagida 303 km uzunlikdagi Toshkent-Andijon pulli yoʻlini qurish rejalashtirilgan. May oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumida transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriev Toshkent-Andijon yoʻnalishidagi pulli avtomobilʻ yoʻlining narxi 4,65 milliard dollariga baholanayotganini maʻʻlum qilgandi.
Qarorda oktyabr oyida loyiha kontseptsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash, 2025 -yil mart oyida tenderning birinchi bosqichini oʻtkazish, oktyabr oyida tenderning ikkinchi bosqichini oʻtkazish, 2026 yil aprel oyida gʻolibni e’lon qilish va u bilan DXSh shartnomasini tuzish belgilangan.
Transport sohasidagi loyihalar orasida 2027−2030 yillarda Samarqand va Buxoro oʻrtasida 1 milliard dollarlik pulli yoʻl qurilishi ham bor.
Bundan tashqari, «Taxtaqoracha» dovonida pulli tunnel qurilishi belgilangan. Yil yakuniga qadar salohiyatli strategik kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish, 2025- yil avgustiga qadar loyiha kontseptsiyasini tasdiqlash, 2026 -yil fevraliga qadar xususiy sherikni tanlash, 2026 -yil dekabriga qadar DXSh shartnomasini imzolash topshirildi.
Loyihaning qiymati 100 million dollarga baholanmoqda. Uning uzunligi, avval xabar qilinganidek, 4,4 km boʻlishi kerak. Oʻtgan yilning oktyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoev tunnel qurilishi 2024-yilda boshlanishini aytgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!