Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki nafar qirg‘izistonlik san’atkorni faxriy unvon bilan taqdirladi. Bu haqda “Qirg‘iz Respublikasining madaniyat va san’at sohalari vakillaridan bir guruhiga faxriy unvonlar berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar mukofotlangan:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Omurbayev Nur Santashevich – T.Satilganov nomidagi Qirg‘iz milliy filarmoniyasining estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
Duyshenbek uulu Zakirbek – Qirg‘iz Respublikasidagi erkin ijodkor, komuz sozandasi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!