Jahon

Qirgʻiziston oʻz fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

Qirgʻiziston oʻz fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi

Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi oʻz fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka chaqirdi.

Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi oʻz fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi.

“Rossiya hududida joriy qilingan qoʻshimcha xavfsizlik choralari va chet el fuqarolarining davlat chegarasi orqali oʻtishi ustidan kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etayotgani tufayli, Qirgʻiziston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi Qirgʻiziston fuqarolariga Rossiyaga borish uchun uzrli sabablari boʻlmaganda, yuqorida koʻrsatilgan choralar olib tashlangunga qadar sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishini soʻraydi”, deyiladi departament xabarida.

Tavsiya Markaziy Osiyo davlatlaridan borgan migrantlarning Rossiyada boʻlishi ustidan nazorat kuchaytirilishi, xususan, deportatsiya qilinganlar sonining koʻpayishi va migrantlarning Rossiyaga kirishini cheklashi haqidagi xabarlar fonida berilgan.