Toshkent metropolitenida xavfsizlik choralarini taʼminlash maqsadida metall detektorlar oʻrnatiladi.
Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini oʻrnatish ishlari boshlandi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʼuliyat va javobgarlikni talab etadi. Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini oʻrnatiladi.
“Shu oʻrinda yoʻlovchilardan oʻzi va oʻzgalar xavfsizligiga befarq boʻlmasliklarini hamda xavfsiz xizmat koʻrsatilishida yaqindan yordam berishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!