Iqtisod, Jahon

Ilon Mask 2027 yilgacha trillionerga aylanishi mumkin

Ilon Mask 2027 yilgacha trillionerga aylanishi mumkin

Informa Connect akademiyasi tahlilchilari shunday farazni ilgari surdi. 

Boy odamlarning moliyaviy ahvolini kuzatuvchi Informa Connect akademiyasi tahlilchilari fikricha, milliarder Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

Taxminlarga koʻra, tadbirkor 2027 yilgacha bu miqdordagi boylikka ega boʻlishi mumkin.

Informa Connect hisobotida soʻnggi yillarda Maskning boyligi yiliga oʻrtacha 110 foizga oshgani aytiladi, deb yozadi The Guardian.

Amerikalik biznesmen sayyoradagi eng boy odam hisoblanadi. Bloomberg uning boyligini 237 milliard dollar, Forbes 241,8 milliard dollar deb baholamoqda.

Tahlilchilarning fikricha, hindistonlik tadbirkor Gautam Adani ikkinchi trillionerga aylanishi mumkin. U bu miqdorni 2028 yilga qadar olishi kutilmoqda. Buning uchun uning boyligining oʻsish surʼati yiliga 123% boʻlishi kerak. Nvidia rahbari Jensen Huang ham oʻsha yili trillionerga aylanishi mumkin.