2024-yil 27-fevraldagi Prezident Farmoniga asosan Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Bosh serjant” va “Bosh serjant yordamchisi” lavozimlari joriy etilgan, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi polkovnik Otabek Yoʻldashev.
Taʼkidlanishicha, Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida professional serjantlar korpusi faoliyatini takomillashtirish maqsadida mazkur lavozimlar joriy etilgan.
Xabarga koʻra, “Bosh serjant” komandirning maslahatchisi, mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarining toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻi hisoblanadi.
Ushbu lavozimlar vazirlik markaziy apparati, harbiy okrug qoʻmondonliklari, birlashma va qoʻshilma batalyonlariga ham kiritilgan.
Bundan tashqari, endi bu lavozimlar guruhda “Guruh serjanti”, vzvodda “Vzvod serjanti” deb nomlanadi.
“Bosh serjant” va “Bosh serjant yordamchisi” lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilariga dastlab “Birinchi serjant”, keyinchalik lavozimga mos boʻlgan navbatdagi “Shtab serjanti”, “Master serjant” va “Serjant-mayor” unvonlari bosqichma-bosqich berib boriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!