Uning aytishicha, muhojirlarning qolishini cheklash “migrant oilalari, anklavlar”ga tegishli bo‘lishi kerak.
“Biz, albatta, individual tendensiyalarni bartaraf eta olmaymiz, lekin nima qilish mumkin: agar biror kishi mavsumiy ish uchun kelsa, nega u oilasini o‘zi bilan sudrab yuradi?”, dedi u.
Bundan tashqari, siyosatchi Rossiyada bo‘lib turgan va rus tilini bilmaydigan mehnat muhojirlarining bolalariga ta’lim muassasalariga borishni taqiqlash kerakligini aytdi.
“Asta-sekin, qo‘pollik qilmasdan, lekin ularni til o‘rganishga majburlashimiz kerak. Bola maktabga kelganda, ba’zi sinflarda o‘quvchilarning to‘rtdan uch qismi, ayniqsa, birinchi sinf bolalari rus tilida gapira olmasligi mumkin emas”, dedi Medvedev.
Avvalroq Davlat dumasi rahbari Vyacheslav Volodin mehnat muhojirlari oilalarining Rossiyaga ko‘chib o‘tishini taqiqlash tarafdori bo‘lgandi. U “past malakali muhojirlar”ga oilasini olib kelish imkonini beruvchi muammoni hal qilishga chaqirgan.