Iqtisod, Jamiyat, Jinoyat

Navoiydagi “zapravka” operatori qariyb 700 millionni o‘zlashtirib yuborgani maʼlum bo‘ldi

Navoiydagi “zapravka” operatori qariyb 700 millionni o‘zlashtirib yuborgani maʼlum bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi departament Navoiy viloyatida yoqilg‘i mahsulotlari sotuvidan tushgan 689,5 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda Departament xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan “N.B.” MCHJning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Shuningdek, MCHJga qarashli AYOQSH bosh operatori S.A. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali yoqilg‘i mahsulotlari sotuvidan tushgan 689,5 million so‘mni kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

«Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi xabarda.