Jahon

Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishi uchun Angola davlati grant ajratadi

Oʻzbekistonlik talabalar oʻqishi uchun Angola davlati grant ajratadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev 16 sentyabr kuni diplomatik missiyasini yaqinda boshlagan Angola Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Augushtu da Silva Kunya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Daliyev soʻnggi yillarda Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda oliy taʼlimni rivojlantirish yoʻlidagi izchil islohotlar olib borilayotganini taʼkidlab, bugungi kunda, ayniqsa, muhandislik taʼlimini rivojlantirish boʻyicha ildam qadamlar haqida toʻxtaldi. Tomonlar ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdilar.

 

Elchi oʻz oʻrnida, Angolada texnika yoʻnalishida taʼlim keng rivojlanganini taʼkidlab, bu sohada taʼlim olayotgan angolalik talabalar uchun stipendiyalar taqdim etish masalasini koʻrib chiqish taklifini ilgari surdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki davlatning oliy hamda professional taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar.