Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi maktabda sodir bo‘lgan holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Aniqlanishicha, joriy yilning 5-sentyabr kuni Ellikqal’a tumanidagi 28-maktabning 1-sinf o‘quvchisi X.Yo. (o‘g‘il bola)ning onasi S.Sh. dars jarayonini buzgan holda sinfga kirib borib, o‘qituvchi uni to‘xtatishga urinishiga qaramasdan, kuch ishlatib majburan o‘g‘lini sinfdan olib ketgan.
Holat yuzasidan S.Sh, N.K, J.E. larga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid tegishli hujjatlar to‘planib, sudga yuborilgan.
Bugun, 20-sentyabr kuni mazkur ish sudda ko‘rib chiqilmoqda.
Ushbu vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar o‘rtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, mazkur masala yuzasidan hujjatlar sud tartibida hal qilinishi uchun taqdim etilgan.
X.Yo.ning hozirda ta’lim olish huquqi tiklanib, bola maktabda o‘qishini davom ettirmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!