Jahon, Jamiyat

Oʻzbekiston va Burundi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi

Oʻzbekiston va Burundi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi

Oʻzbekiston va Burundi tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma kommyunikeni imzoladi.

Oʻzbekiston Afrika qitʼasida joylashgan Burundi davlati bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Vazir Burundi tashqi ishlar, taraqqiyot va hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qoʻshma kommyunikeni imzolagan.

“Ushbu hujjat mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor boʻlib xizmat qiladi”, — deya taʼkidlagan TIV rahbari.

Shu tariqa Burundi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 152-davlat boʻldi.