Sugʻurta kompaniyalari umumiy zararni bir necha milliard dollarga baholamoqda.
«Xelen» hozir sezilarli darajada zaiflashgan boʻlsada, meteorologlar kuchli shamol, kuchli yogʻingarchilik va tornado xavfi davom etishi haqida ogohlantirmoqda.
Dovul zonasida uylar va yoʻllar qisman suv ostida qolgan, sugʻurta kompaniyalari zararni koʻp milliard dollarga baholamoqda.
Xabar qilinishicha, toʻfon toʻrt million xonadon va tijoriy mijozlarini elektr energiyasisiz qoldirgan.
Florida shtatining Teylor okrugida sherif departamenti evakuatsiya qilishdan bosh tortgan aholidan «shaxsni aniqlash va oilasiga xabar berish uchun» qoʻllariga ismlari va tugʻilgan sanalarini olib, imzo qoʻyib berishni soʻragan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!