Iqtisod

1-oktyabrdan ish haqi va pensiyalar miqdori oshdi

1-oktyabrdan ish haqi va pensiyalar miqdori oshdi

2024-yil 1-oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi hududida to’lov miqdorida o’zgarishlar qayd etildi.

Jumladan,

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;
  • yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m etib belgilandi.