Hodisa

«O‘zgidromet» bugun, 5-oktyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» bugun, 5-oktyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
oplus_2

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona

viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 5-oktyabrdan 10-oktyabrgacha harorat foni pasayadi. Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 21-26 daraja iliq bo‘ladi. Oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligida ayrim hududlarda ayoz kuzatilishi mumkin. Oktyabr oyi ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarining ayrim kunlarida (o‘n kunlikda 1-3 kundan) baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.