Qo‘shma Shtatlar Livanning yangi prezidentini saylash uchun “Hizbulloh”ning zaiflashuvidan foydalanmoqchi, deb yozadi Axios.
Qayd etilishicha, prezidentlikka nomzodlardan biri Livan Qurolli kuchlari qo‘mondoni general Jozef Aun bo‘lib, uni AQSH va Fransiya qo‘llab-quvvatlaydi. Oq uyning fikricha, yangi prezident Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga vositachilik qiladi.
Livan siyosiy tizimi hokimiyatni turli diniy guruhlar o‘rtasida taqsimlash asosida qurilgan. Prezidentlik lavozimini nasroniy egallaydi. “Hizbulloh” bilan yaqin aloqada bo‘lgan sobiq prezident Mishel Aun 2022-yilda olamdan otgan edi. O‘shandan beri Livan parlamenti nomzodlar bilan kelishmagani uchun prezidentni saylay olmayotgandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!