Jamiyat, Jinoyat

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video yuzasidan qoidabuzar haydovchiga tegishli chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video yuzasidan qoidabuzar haydovchiga tegishli chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda Lacetti rusumli, 90 D 815 SA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi, o’zi va o’zgalarning hayotini xavf ostiga qo’yib, harakat davomida Matiz rusumli 10 V 672 EB bo’lgan avtomashina haydovchisiga nisbatan avariyaviy xavfli holat qilib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.

Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib ushbu Lacetti avtomashinasi haydovchisi 1987-yilda tug’ilgan I.N.ga nisbatan  qoidabuzarligi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi MJTKning 128⁵-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.

3.27 (to’xtash taqiqlanadi) yo’l belgisi ta’sir doirasida to’xtab turgan Damas rusumli avtomashina haydovchisi bo’yicha qo’shimcha ma’lumot beriladi.

Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.