Jahon

AQSHda yashayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

AQSHda yashayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi Floridada yashayotgan fuqarolarga “Milton” to‘foni sababli ehtiyot choralari ko‘rishni tavsiya qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Florida shtatining 51 shahrida favqulodda holat e’lon qilingan. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolariga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Fuqarolar zarurat bo‘lganda quyidagi raqamlar orqali tez yordam so‘rashi mumkin:

+1-202-251-8298 va +1-202-300-9526.

O‘zbekiston elchixonasi, shuningdek, AQSHning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentligi bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi:

• Tez tibbiy yordam: 911;

• Federal agentlik ishonch telefoni: (800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990;

• Umumiy masalalar bo‘yicha: 202-646-2500;

• Florida shtati ishonch telefoni: +1-800-342-3557;

• Florida shtati evakuatsiya xizmati: +1-800-729-3413 (mahalliy vaqt bilan 07:00 dan 19:00 gacha).