Bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qo‘l terimi uchun) 1500 so‘mdan kredit mablag‘lari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelinayotgan edi. Bu o‘z navbatida bir muncha qiyinchilik tug‘dirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqardi.
Qishloq xo’jaligi vazirligi bergan ma’lumotga ko’ra, mazkur holatlar har tomonlama o’rganilib, undan keyin terimchilarni moddiy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish maqsadida 9-oktyabrdan boshlab, respublikamizdagi barcha hududlardagi terimchilarga paxta terim narxi (qo‘l terimi uchun)ni har bir kilogramm uchun 2500 so‘m etib belgilash qayd etildi.
Bunda ushbu mablag‘ning 2000 so‘mi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg’armasi hisobidan, 500 so‘mi klaster hisobidan ajratilib, dalaning o‘zida terimchilarga tarqatiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!