TuraNews maʼlumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy taʼlim vazirligi Qozog‘iston fuqaroligini olish uchun yangi majburiy talablarni joriy qildi.
Unga ko‘ra, fuqarolikka daʼvogarlar yoki uni tiklash istagida bo‘lganlar imtihonda kamida 36 ball to‘plagan holda qozoq tili bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarini namoyish etishlari kerak bo‘ladi.
Qozoq tilini yetarli darajada bilmaganlarga fuqarolik berilmaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!