Ilm-fan, Jamiyat

Qoraqalpog‘istonda 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi

Qoraqalpog‘istonda 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, ularning yutuqlari haqida ma’lumot oldi, shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

  • Fond ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi.

  • «Toza ichimlik suvi» loyihasini amalga oshirish doirasida kelgusida Qoraqalpog‘istonning yana 52 ta maktabida suv tozalash tizimlari o‘rnatiladi, bu esa bolalarning ta’lim olish sharoitlari va salomatligini yaxshilash imkonini beradi.