Jamiyat

Agrar universitetida yotoqxona qurilishi sifatsizligi tufayli to‘xtatildi 

Agrar universitetida yotoqxona qurilishi sifatsizligi tufayli to‘xtatildi 
Oplus_131072

Toshkentdagi agrar universitet hududida qurilayotgan 400 o‘rinli yotoqxona binosida New Brand House qurilish kompaniyasi ishida loyihaga zid qurilish ishlari bajarilgani tufayli jarayon to‘xtatildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, kamchiliklar ortidan buyurtmachi, loyiha va pudratchi tashkilotlarga jami 14 ta ko‘rsatma berilishi va jarimaga qaramay, qurilish ishlari davom etgan.

Xususan, Bo‘lim bosh inspektori Ismoil Hamidovning so‘zlariga ko‘ra, devorlarga gipsokarton plitalarini yopishtirish jarayonida karkas uchun metall profillar o‘rniga oddiy gips, ichki elektromontaj ishlari loyihada mis simlardan bajarilishi o‘rniga amalda alyumin simlardan montaj qilingan.

Qurilish vazirligining xabar berishicha, pudratchiga qoidabuzarliklar bo‘yicha 14 marotaba yozma ko‘rsatmalar berilgan. Bunda obyektda qurilish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan buyurtmachi tashkilotiga 5ta ko‘rsatma, loyiha tashkilotiga 4ta ko‘rsatma va pudrat tashkilotiga 5ta ko‘rsatma taqdim etilgan.

Shuningdek, tashkilotlarga 3 marotaba jarima tayinlanishiga qaramasdan, ish davom etgan.